«Marca» «Oltin to‘p» g‘olibi haqida o‘tkazgan so‘rovnomada Benzema Messini ortda qoldirdi
Chorshanba, 13 Oktabr
6031
Фото: Getty Images

«Marca» nashri veb-sayti orqali kuzatuvchilar orasida «Oltin to‘p» nomzodlaridan kim ushbu sovringa haqliligi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. 

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, «Real» hamda Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Karim Benzema 38 foiz ovoz bilan g‘olibga aylandi. U eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messini 1 foizga ortda qoldirdi. 

Ma’lumot o‘rnida, «Marca» nashri Madridda faoliyat olib boradi va ular beradigan axborotning aksariyati «qirollik klubi» xususida bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar