O'zbek Ўзбекча
«MYU» Pogba ketsa, «Milan» yarimhimoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi
Seshanba, 21 Sentabr
4958

«Manchester Yunayted» jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Pol Pogba o‘rniga «Milan» yarimhimoyachisi Frank Kesseni olib kelmoqchi, deb xabar beradi Mundo Deportivo. 

Ivuarlik 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «rossoneri» safida barcha turnirlar doirasida 50ta o‘yin o‘tkazib, 14ta gol va 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt havbekni 50 mln yevroga baholamoqda. 

Kessiening «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

O‘z navbatida Pogbaning mankunianliklar bilan shartnomasi ham kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi. Fransiyalik yarimhimoyachi bu mavsumda APLda 5ta bahsda maydonga tushib, 7ta golga assistentlik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar