Xames Qatar klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda
Seshanba, 21 Sentabr
2196

«Everton»ning hujumkor yarimhimoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin, deb yozadi Sky Sports.

Bu mavsumda APLda birorta o‘yinda maydonga tushmagan kolumbiyalik 30 yoshli futbolchi «Ar Rayyan» bilan muzokara o‘tkazmoqda. 

Xames mersisaydliklar bosh murabbiyi Rafael Benitesning rejalariga kirmagan.

Yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda APLda 23ta bahsda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar