O'zbek Ўзбекча
«Barselona»da Kumanning o‘rnini egallashga 5-6 nomzod bor. Laporta Pirloni ko‘rmoqchi
Seshanba, 21 Sentabr
12593

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaga Andrea Pirloni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi. 

«Yuventus»ning sobiq ustozi yagona nomzod emas. 

Jurnalist Xerard Romeroning yozishicha, Ronald Kuman o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 5-6 murabbiy orasida Antonio Konte, Filipp Koku va Xavi ham bor. 

Ma’lumot uchun, Kuman Kataloniya klubini 2020 yil yozidan beri boshqarmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida o‘tgan mavsumda La Ligada 3-o‘rinni egalladi, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi va YeCHLda 1/8 finalda to‘xtadi. 

«Barsa» bu mavsumda YeCHL 1-turida «Bavariya»ga (0:3) mag‘lub bo‘lgach, rahbariyat niderlandiyalik mutaxassisga o‘rinbosar qidirishni boshladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar