O'zbek Ўзбекча
Superliga. «Navbahor» avtogol evaziga «Turon»ni mag‘lub etdi, OKMK Navoiyda ochko yo‘qotdi
Dushanba, 20 Sentabr
4584

Superliga 19-turi doirasidan o‘rin olgan Yaypan va Navoiydagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Yaypanda «Navbahor» turnir autsayderi «Turon»ni mag‘lub etdi. Ziyovutdinovning o‘z darvozasini ishg‘ol etgani mehmonlarga g‘alaba keltirdi – 0:1.

90+6-daqiqada bosh hakam Rustam Lutfulin yaqqol penaltini belgilamadi. O‘sha vaziyatda «Navbahor» himoyachisi Boyan Siger o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisi oyog‘iga tepib, yiqitgan edi. 

Navoiyda «Qizilqum» OKMKni qabul qilib, Olmaliq klubi bilan o‘yinda durang qayd etdi – 0:0.

Qayd etish joiz, Yaypandagi o‘yinda muxlislar stadionga kiritilgan bo‘lsa, Navoiyda tomoshabinlar o‘yingohga kiritilmadi.

Superliga. 19-tur. 20 sentyabr
«Turon» - «Navbahor» - 0:1

Hakam: Rustam Lutfullin
Gol: Nizomiddin Ziyovutdinov, o‘z dar. 37.
«Turon»: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Sardor Abduraimov (23.Otabek Zokirov, 74), 7.Sunnatilla Abdullajonov (14.Doniyor Ismoilov, 74), 9.Humoyun Murtozayev, 10.Ixtiyor Toshpo‘latov (43.Kim Bo Yong, 57), 18.Fozil Musayev (17.Muzaffar Muzaffarov, 89), 19.Vladislav Kasminin, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 55.Deyan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzayev 
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovev (14.Kosta Guttiner, 63), 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 17.Ehsoni Panjshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 88.Boyan Naydenov, 95.Zabihillo O‘rinboyev.

«Qizilqum» - OKMK – 0:0
Hakam: Firdavs Norsafarov (Qarshi)
«Qizilqum»: 1.Ignatiy Nesterov, 14.Fayzulla Qambarov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 75.Oleg Tolmasov, 21.Muhsin Ubaydullayev (18.Jasur Azimov, 68), 6.Erkin Boydullayev, 8.Giorgi Kuxianidze (44.Humoyun Abdualimov, 86), 17.Salim Mustafoyev, 30.Elguja Grigalashvili (19.Jamshid Hasanov, 80), 7.Islom Kenjaboyev, 10.Mate Vatsadze.
OKMK: 35.Valijon Rahimov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov (77.Dilshod Ahmadaliyev, 63), 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 63) - 28.Shohrux Gadoyev, (94.Elvin Fortes, 82) 18.Aleksandr Kasyan (27.Martin Boake, 76), 10.Husniddin G‘ofurov (11.Murod Toshmatov, 82).

Teglar

O'xshash yangiliklar