Sulsher: «MYU»ning sovrin uchun imkoniyati? Bugun ishimni yo‘qotishimga oz qolgandi» 
Dushanba, 20 Sentabr
6406

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Vest Hem»ga qarshi o‘yindan (2:1) keyin jamoaning chempionlik imkoniyati haqida berilgan savolga javob qaytardi.

«Chempionlikka imkoniyatimiz? Hozir bu savolga javob berishim qiyin. Hali endi 5-tur ortda qoldi va bugungi o‘yindan keyin ishimni yo‘qotishimga oz qolgandi. «Manchester Yunayted»da ishlaganingdan keyin shunday bo‘ladi.

Fikrimcha, g‘alabaga haqli edik va bunga erishdik. Bu 3 ochko yakunda muhim rol o‘ynashi mumkin. Sovrin uchun kurash haqida aprel va may oyida gapirish mumkin bo‘ladi», - deya «MYU» bosh murabbiyining so‘zlarini keltirgan Goal.

Eslatib o‘tamiz, «MYU» seshanba kuni YeCHL 1-turida «Yang Boyz»ga mag‘lubiyatga (1:2) uchragan bo‘lsa, yakshanba kuni «Vest Hem» bilan bahsda 2:1 hisobida qiyinchilik bilan zafar quchdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar