Pro liga 19-tur hakamlari e’lon qilindi. Buxorodagi o‘yinni Serazitdinov, Farg‘onadagi uchrashuvni Agishev boshqaradi
Dushanba, 20 Sentabr
801

22-24 sentyabr kunlari Pro ligada 19-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda quyidagi rasmiy shaxslar faoliyat olib boradi.

Turning markaziy o‘yinlari yuqori to‘rtlikda «Nurafshon» - «Dinamo» hamda «Neftchi» - «Olimpik» o‘rtasida kechadi. G‘ijduvondagi o‘yinni Viktor Serazitdinov, Farg‘onadagi uchrashuvni esa Vadim Agishev boshqarib boradi.

Pro liga. 19-tur
22 sentyabr, chorshanba
YANGIER – XORAZM

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Islom Nosirov, Abdulhamid Abduraimov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Abbosxon Axrorov

SHO‘RTAN – OROL
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Farruh Yuldashev, Aleksandr Burov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Shohruh Said

23 sentyabr, payshanba
NURAFSHON – DINAMO

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Zohirjon Akramxonov

24 sentyabr, juma
NEFTCHI – OLIMPIK

Hakamlar: Vadim Agishev, Hasan Nabiyev, Daler Tilloyev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Oybek Yunusov.

Teglar

O'xshash yangiliklar