«Chelsi» nega «Liverpul»dan yuqorida? Jamoalar mutlaq bir xil ko‘rsatkichga ega
Dushanba, 20 Sentabr
19716

Angliya Premer-ligasi 5-tur uchrashuvlaridan keyin turnir jadvalida qo‘shhokimlik yuzaga kelgan.

O‘tgan 5 tur o‘yinlaridan keyin «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» bir xil 13 ochkodan jamg‘arib uchlikni band etgan. To‘plar nisbatiga ko‘ra esa «Chelsi» va «Liverpul» «MYU»ni ortda qoldirib, dastlabki ikki o‘rinda borishmoqda.

5-turda «Chelsi» «Tottenhem»ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «Liverpul» «Kristal Pelas» ustidan xuddi shu hisobda g‘alaba qozondi. Qizig‘i, ushbu natijalardan keyin Tomas Tuxel va Yurgen Klopp boshqaruvidagi jamoalar ochkolar va boshqa ko‘rsatkichlar borasida bir xil raqamlarga ega. To‘plar nisbati ham ikki jamoada – 12:1. 

Shunga qaramay, «Chelsi»ning yakshanba kungi g‘alabasidan keyin APL turnir jadvalida aynan London klubi «Liverpul»dan 1-o‘rinni tortib oldi va «qizillar» 2-o‘ringa tushishdi. Bunga ushbu jamoalar o‘rtasidagi 3-tur o‘yinida «Chelsi»ning safarda «Liverpul» bilan durang qayd etgani sabab bo‘lgan. Ya’ni, ochkolari, to‘plar nisbati, g‘alabalar soni, o‘zaro o‘yinlar bir xil ko‘rinishda ekanligi bois o‘yinning qayerda o‘tgani inobatga olingan.

«Chelsi» navbatdagi turda «Manchester Siti»ni o‘z maydonida qabul qilsa, «Liverpul» safarda «Brentford»ga qarshi o‘ynaydi, «Manchester Yunayted» esa «Old Trafford»da «Aston Villa»ni qabul qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar