O'zbek Ўзбекча
Anchelotti «Valensiya» bilan o‘yindagi kambek, Vinisius, Benzema va boshqalar haqida gapirdi
Dushanba, 20 Sentabr
4085

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 5-turidan o‘rin olgan «Valensiya» (2:1) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Menda yaxshi yoki yomon o‘ynaydigan jamoa bor. Bugungi kabi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynamadik, ikkinchi bo‘limda tetikroq edik. «Valensiya» yaxshi seriyaga ega edi. Chempionlar Ligasidagi o‘yindan so‘ng kelganimiz sezildi. 

Vinisius va Benzemaning borligi — omadimiz. Ammo men hammadan mamnunman. Azar va Kamavinga ham  ajoyib harakat qilishdi. Eden juda yaxshi o‘ynadi va yechimlarni izladi.

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar — Isko, Kamavinga, Yovich va Rodrigo o‘yin dinamikasini o‘zgartirishdi. 5ta almashtirish imkoniyati — ustunligimiz, chunki juda yuqori sifatli tarkibga egamiz. Ammo bugun daraja emas, jamoaning ruhi tufayli g‘alaba qozondik. Oxirigacha kurashdik. 

Bizda juda yosh jamoa bor. Birinchi navbatda chiroyli o‘ynashimiz emas, to‘psiz harakatlarda tajovuzkor bo‘lishimiz kerak», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Marca.

Teglar

O'xshash yangiliklar