«PSJ» Messi 30 million yevro maosh olishi haqidagi xabarni rad etdi
Yakshanba, 19 Sentabr
5067

«Pari-Sen-Jermen» klubi sport direktori Leonardo argentinalik hujumchi Lionel Messining yillik maoshi 30 mln yevro ekanini rad etdi.

«Nashrda e’lon qilingan Messining yillik maoshi haqidagi raqamlar haqiqatdan uzoq. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma kelishuvida maoshni sir tutish ko‘zda tutilgan, ammo sizga aytishim mumkinki e’lon qilingan yillik maosh miqdori to‘g‘ri ma’lumot emas», - deydi Leonardo L'Equipe bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 10 avgust kuni erkin agent sifatida «PSJ» bilan shartnoma imzolagandi. 34 yoshli forvard parijliklar safida ikki o‘yin o‘tkazib, hozircha gol urmagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar