Levandovski Myuller va Haynkes rekordini yangiladi
Yakshanba, 19 Sentabr
2759

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Bundesliga 5-turidan o‘rin olgan «Boxum»ga (7:0) qarshi o‘yinda to‘p kiritdi.

Natijada polshalik futbolchi chempionat doirasida qatorasiga 13ta uy o‘yinida gol urib, rekordni yangiladi.

Bungacha Levandovski Bundesligada ketma-ket 12ta uy o‘yinida gol urgan Gerd Myuller va Yupp Haynkes bilan rekordni bo‘lishib turgandi.

Ma’lumot uchun, hujumchi bu mavsumda Germaniya chempionatida 5ta bahsda 7ta to‘p kiritdi va to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar