«Surxon» «klass»da yutqazgan, Amonov supergoli bilan «Loko»ga g‘alaba keltirgan o‘yindan fotogalereya
Juma, 17 Sentabr
1002

Superliganing 18-turida «Lokomotiv» o‘z maydonida «Surxon»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi. 

O‘yin mezbonlar nazorati ostida o‘tdi. Termizliklar esa asosan qarshi hujumlarga tayanishdi. Ammo Sekeyra jamoasidagi futbolchilarning mahorati bellashuv taqdirini hal qildi. Dastlab 49-daqiqada Azizbek Amonov supergoli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada Sanjar Qodirqulov «temiryo‘lchilar»ning g‘alabasini mustahkamladi. 

«Lokomotiv» ochkolarini 26taga yetkazib, 6-o‘ringa chiqib oldi. «Surxon» 14 ochko bilan 12-o‘ringa chiqib oldi.

Tribuna.uz fotomuxbiri bahsni stadiondan kuzatdi. Quyida o‘yindan olingan sara fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Suratlar muallifi — Abdulbosid Valixonov

Teglar

O'xshash yangiliklar