Mourino: «O‘yindan qoniqmadim. 5:1 hisobidagi g‘alabaga loyiq emasdik»
Juma, 17 Sentabr
17344

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino Konferensiyalar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan SSKA Sofiyaga (5:1) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Yaxshi o‘ynamadik. Avval ham aytgandik: g‘alaba qozonganda ham, mag‘lubiyatda ham bir jamoa bo‘lib qolamiz. 

Natijadan mamnunman, ammo o‘yindan emas. O‘yin sifati yoqmadi. Yarimhimoyada intensivlik yo‘q edi,  qanot himoyachilari kuchli pressing qilishmadi. Yakkakurashlarda ko‘p yutqazdik. 

Yomon o‘ynadik deb ayta olmayman, ammo 5:1 hisobidagi g‘alabaga loyiq emasdik. Bu — raqib uchun og‘ir natija», — deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Janluka Di Marsio.

Teglar

O'xshash yangiliklar