O'zbek Ўзбекча
Konte Hakimining orzusini aytdi
Juma, 17 Sentabr
6449

«Inter»ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte sobiq shogirdi — himoyachi Ashraf Hakimi haqida fikr bildirdi.

«Hakimi psixologik jihatdan «Real» bilan o‘yinlarda qiynaldi. Uning orzusi — Madrid klubiga asosiy o‘yinchi bo‘lib qaytish. 

«Real» bilan o‘tgan ikki o‘yinni (2:3, 0:2) juda yaxshi eslayman, uning muvaffaqiyatsiz pasidan so‘ng darvozamiz ishg‘ol etilgandi. Shundan so‘ng u juda ko‘p ishladi va men qanday ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lgan yosh o‘yinchini ko‘rdim.

Ashrafga biroz yordam kerak edi va endi u — dunyodagi eng kuchli futbolchilardan biri. Agar u so‘nggi uzatma borasida yanada ishlasa, jahon darajasidagi o‘yinchiga aylanadi», — deya Kontening so‘zlarini keltiradi Sempre Inter.

Eslatib o‘tamiz, Hakimi «Real» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o‘tgan yozda 60 mln yevro evaziga «Inter»dan «PSJ»ga o‘tdi

Teglar

O'xshash yangiliklar