O'zbek Ўзбекча
Anchelotti o‘tgan yozda David Luizni «Real»ga taklif qilgani ma’lum bo‘ldi
Juma, 17 Sentabr
2606

«Flamengo» himoyachisi David Luiz faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin edi. 

Globe'ning yozishicha, 34 yoshli futbolchi Braziliya klubiga o‘tishidan avval unga madridliklar ustozi Karlo Anchelotti qo‘ng‘iroq qilgan.

Transferga asosiy to‘siq «Real»da Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar futbolchilariga joy qolmagani edi, ammo italiyalik murabbiy Luizga bu muammoni hal qilish mumkinligini aytgan.

«Menda bir qator variantlar bor edi. Lekin yuragimga quloq solib, vatanimga qaytishga qaror qildim», — deydi himoyachi.

Ma’lumot uchun, Luiz Anchelotti qo‘l ostida 2011 yil «Chelsi»da o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar