Pele operatsiyadan so‘ng: «90 daqiqa va qo‘shimcha bo‘limlarda o‘ynashga tayyorman»
Payshanba, 16 Sentabr
2240

Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi, «futbol qiroli» Pele o‘simta bilan bog‘liq operatsiyadan so‘ng unga sog‘lik tilagan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

«Do‘stlar, bu xabar har biringiz uchun. Muhabbatga to‘la 1000ga yaqin  xabarlarni o‘qimadi, deb o‘ylamang, barchasini oldim. Pozitiv energiya berganingiz uchun har biringizga rahmat. Sevgi, sevgi va yana bir bor sevgi!

Reanimatsiya bo‘limini tark etib, xonamga qaytdim. 90 daqiqa va qo‘shimcha bo‘limlarda o‘ynashga tayyorman. Tez orada birga bo‘lamiz», – deb yozadi Pele «instagram»dagi sahifasida.

Teglar

O'xshash yangiliklar