«Navbahor» peshqadamning g‘alabali seriyasiga yakun yasadi. «Paxtakor»da o‘tgan himoyaviy o‘yindan fotoreportaj
Payshanba, 16 Sentabr
2482

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Paxtakor» o‘z maydonida «Navbahor» (0:0) darvozasiga yo‘l topa olmadi. 

O‘yinda to‘p nazorati borasida mezbonlar katta ustunlikka erishishdi, ammo xavfli vaziyatlar soni kam bo‘ldi. Ba’zan «lochinlar» posboni O‘tkir Yusupov jamoasi joniga ora kirdi. E’tiborlisi, Yusupovning harakatlari bahsni stadiondan tomosha qilgan O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsda ham ijobiy taassurot qoldirdi. O‘z navbatida mehmonlar ham har ikki bo‘limda bittadan golli imkoniyatga ega bo‘lishdi.

Shu tariqa «Paxtakor»ning 8 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi barham topdi. «Navbahor» esa qatorasiga 4-bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

«Paxtakor» 48 ochko bilan peshqadamlikni dvvom ettirmoqda va eng yaqin ta’qibchisi «So‘g‘diyona»dan (33) 15 ochko oldinda. «Navbahor» esa 25 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.

Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi. Quyida himoyaviy o‘yindan olingan fotosuratlarni ko‘rishingiz mumkin. 

Muhiddin Nido olgan suratlar

Teglar

O'xshash yangiliklar