O'zbek Ўзбекча
Tuxel: «Rossiya chempioniga qarshi o‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Raqib charchashi uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi»
Chorshanba, 15 Sentabr
1530

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel YeCHL 1-turidan o‘rin olgan «Zenit»ga (1:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Jahlim chiqmadi. Kuchli raqib bilan qiyin o‘yin o‘tkazdik. Jamoamning o‘yinida intensivlikni his qildim.

Birinchi bo‘limda golli vaziyatlar yaratishda qiynaldik. Ikkinchi bo‘limda bo‘sh hududlarni topish va gol urish osonlashdi. Munosib g‘alaba, ammo qiyinchilik bilan qo‘lga kiritildi. Raqib charchashi uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. 

Golda Lukaku havoda juda ajoyib o‘ynadi. U shuning uchun ham shu yerda. Aspilikueta ham yaxshi uzatma berdi. 

Qiyin o‘yinni kutgan edik, chunki bu Yevropadagi eng kuchli turnir va Rossiya chempioni bizga qarshi chiqdi», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar