O'zbek Ўзбекча
Sulsher: «10-12 ochko to‘plash uchun bizda yana 5ta o‘yin bor»
Chorshanba, 15 Sentabr
1838

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YeCHL 1-turidan o‘rin olgan «Yang Boyz» (1:2) bilan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Murakkab o‘yinda ochko olishga munosib edik. Birinchi bo‘lib gol urganingizda, g‘alaba uchun yetarli imkoniyatga egamiz, deb o‘ylaysiz. Ammo chetlatish har doim ta’sir qiladi.

Van-Bissakaga ko‘rsatilgan qizil kartochka borasida hakam bilan bahslashish qiyin, ammo Aaronning harakatida yomon niyat yo‘q edi.

Lingardning xatosi? Bu futbol. Unda tushish va ko‘tarilishlar bo‘ldi. Sizga qarshi bo‘lgan vaziyatlarga duch kelasiz. Bardoshli bo‘lamiz.

Guruhdan chiqish uchun 12 ochko to‘plashimiz kerak. Uydagi uchala o‘yinda va safarda bir bor g‘alaba qozonsak, pley-offga chiqamiz. Bugun imkoniyatni boy berdik. Ammo o‘tgan yili dastlabki ikki o‘yinda yutib ham, yakunda guruhda qolib ketgandik. 10-12 ochko to‘plash uchun bizda yana 5ta o‘yin bor», – deya Sulsherning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar