O'zbek Ўзбекча
Ronaldu Kasilyasning rekordini takrorladi
Chorshanba, 15 Sentabr
3462

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeCHL 1-turidan o‘rin olgan «Yang Boyz»ga (1:2) qarshi bahsda maydonga tushdi va gol urdi. 

Portugaliyalik 36 yoshli futbolchi turnirdagi 177-o‘yinini o‘tkazib, bu ko‘rsatkich borasida «Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning rekordini takrorladi. 

Hujumchi «MYU»da 53ta, «Real»da 101ta, «Yuventus»da 23ta bahsda harakat qilgan va jami 135ta to‘p kiritgan.

Agar Ronaldu 30 sentyabr kuni 2-turdan o‘rin olgan «Vilyarreal» bilan o‘yinda ham maydonga tushsa, mutlaq rekordchiga aylanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar