O'zbek Ўзбекча
OCHL. «Sharja» penaltilar seriyasida «Al Vahda»ga yutqazdi va turnirni tark etdi, Shukurov to‘liq o‘ynadi
Chorshanba, 15 Sentabr
1378

Osiyo Chempionlar Ligasida yana bir chorakfinalchi nomi ma’lum bo‘ldi.

BAA derbisida «Sharja» o‘z maydonida «Al Vahda»ni qabul qildi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi. Penaltilar seriyasida esa omad mehmonlarga kulib boqdi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Otabek Shukurov to‘liq o‘ynadi va «lotereya»da penaltilardan birini aniq amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston milliy jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov o‘ynayotgan Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi chorakfinalga yo‘l olgandi.

OCHL. 1/8 final. 14 sentyabr
Sharja (BAA) — Al Vahda (BAA) 1:1

Penaltilar seriyasi — 4:5
Gollar: Bernard (58) — Harbin (56). 
Sharja — Olid. Al Hosani, Ibrohim Xolid (Ali Alxanxani, 85), Abdulrahmon Shahin (Sulton Salim, 108), Abdulla G‘anim, Solih Al Hasan, Majid Rashid (Muhammal Adbulbasit, 107), Otabek Shukurov, Xolid Bavazir (Salim Hamis, 72), Bernard, Kayo, Malango. 
Al Vahda — Muhammad Ash Shamsi, Muhammad Al Menhali, Faris As Saadi, Ahmad Rashid, Mahmud Al Hammadi (Mane Ayd, 99), Li Myong Ju (Mansur Al Harbi, 70), Ismoil Hamis (Majid Abdulla, 118), Xose Anxel, Xalil al Hammadi (Azzabi, 85), Joao Pedro, Umar Harbin.
Chetlatish: Al Harbi (120+3).

O'xshash yangiliklar