O'zbek Ўзбекча
Nagelsmann: «Himoyalanishda juda yaxshi o‘ynadik. Hujumda esa Levandovski va Myuller kabi jahon darajasidagi yulduzlar borligidan xursandman»
Chorshanba, 15 Sentabr
1024

«Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann YeCHL 1-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (3:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘ylashimcha, jamoam juda yaxshi o‘ynadi. Futbolchilar himoyada o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishdi. Dastlabki 7-8 daqiqada muamolarimiz bor edi – yetarlicha kurashmadik, ammo keyin noto‘g‘ri narsalarni to‘g‘riladik.

To‘p o‘tkazib yubormaslik har doim juda yaxshi. Bunday holda jamoamizning hujumdagi salohiyatini hisobga olsak, g‘alaba qozonish uchun imkoniyat oshadi. Jamoada Tomas Myuller va Robert Levandovski kabi o‘yinchilar borligidan, jahon darajasidagi yulduzlar bilan ishlashdan xursandman», – deya Nagelsmanning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar