O'zbek Ўзбекча
«Kalyari» bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Chorshanba, 15 Sentabr
947

A Seriyada ushbu mavsumda ikkinchi jamoa bosh murabbiyini iste’foga chiqardi.

«Kalyari» Leonardo Semplichini ishdan bo‘shatganini e’lon qildi.

Murabbiy bilan birga uning assistenti Andrea Konsumi, murabbiy Yuri Fabritssi, texnik xodimlar Rossano Kasoni va Alessio Rubichini ham jamoani tark etishdi. 

«Kalyari» o‘tgan 3ta turda 1 ochko to‘pladi va 16-o‘rinda bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Verona»da iste’fo yuz bergandi — Di Franchesko o‘rnini Tudor egallagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar