OCHL. Masharipov 90 daqiqa o‘ynagan bahsda «An-Nasr» «Traktorsozi»ni mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi
Seshanba, 14 Sentabr
2523

Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinal bosqichi doirasidagi navbatdagi bahs yakuniga yetdi.

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi Qatarda o‘tgan bahsda Eronning «Traktorsozi» jamoasini mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona golni Vensan Abubakar forslar darvozasiga kiritib, arablarga 1/4 final yo‘llanmasini taqdim etdi – 1:0.

Natijada, «Traktorsozi» musobaqa bilan xayrlashdi, «An-Nasr» esa turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.

Qayd etish joiz, ushbu bahsda o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov mezbonlar safida eng faol futbolchilardan biri bo‘lib, 90 daqiqa to‘p surdi.

OCHL. 1/8 final. 14 sentyabr
«An-Nasr» (Saudiya Arabistoni) - «Traktorsozi» (Eron) – 1:0.
Gol: Vensan Abubakar, 11.

Teglar

O'xshash yangiliklar