Abdurahmonov yana «Dinamo»ni qutqardi. Samarqanddagi Pro-Liga hal qiluvchi o‘yinidan reportaj
Dushanba, 13 Sentabr
1664

Pro-Ligada birichni bosqich o‘yinlari yakunlandi. 18-turning markaziy o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tkazildi. Kuchli to‘rtlik vakili sifatida keyingi bosqichga yo‘l olishi aniq bo‘lgan «Dinamo» va «Olimpik» keyingi bosqich oldidan imkoniyatlarni yaxshilab olish uchun harakat qilishdi.

Samarqanddagi bahsga olti ochkolik o‘yin deb ta’rif berish mumkin edi. Chunki unda «Olimpik» g‘alaba qozonsa, «Dinamo» bilan ochkolarini tenglashtirib olishi mumkin edi. Kapadze shogirdlari Samarqanddagi sal avval o‘tkazilgan kubok o‘yinida g‘alaba qozonganini inobatga olsak, chempionat o‘yini ham qiziqarli o‘tishi kutilgandi. Shunday bo‘ldi ham.

Uchrashuvda har ikki jamoa ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatdi va bitta gol o‘yin taqdirini hal qildi. Samarqandliklar yetakchisi Shohrux Abdurahmonov bu gal ham jamasining qahramoniga aylandi. Uning jarima maydonchasiga kirmay bergan zarbasi rikoshet orqali golga aylanib, «Dinamo»ga muhim g‘alaba keltirdi.

G‘alabadan keyin «Dinamo»ning ochkolari soni 28 taga yetdi va «Olimpik»dan 6 ochko ilgarilab ketdi. Uchinchi o‘rindagi «Buxoro» esa «Dinamo»dan 4 ochko ortda qolyapti, chunki buxoroliklar oxirgi turda yetakchi «Neftchi»ga imkoniyatni boy berishdi. 34 ochko to‘plagan farg‘onaliklar esa yaqqol yetakchiga aylangan.

Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadionda kuzatdi. Quyida o‘yindan tayyorlangan fotoreportajni e’tiboringizga havola qilamiz.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi

Teglar

O'xshash yangiliklar