O'zbek Ўзбекча
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Jahon chempionatini alamli mag‘lubiyat bilan boshladi
Yakshanba, 12 Sentabr
3912

Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi ilk turda Gvatemala bilan bahs yuritib, bellashuv yakuniga 15 soniya qolganida durangni qo‘ldan chiqardi. Kampaniya, Sandoval (2ta) va Agilyarning (2ta) gollariga Ropiyev het-trigi bilan javob berdi. Shuningdek, Enrikez avtogol muallifiga aylandi.

Guruhning ikkinchi bahsida Rossiya Misrga javobsiz 9ta gol urdi. 

O‘zbekiston 2-turni 15 sentyabr kuni Rossiyaga qarshi o‘tkazadi. 

JCH. 1-tur. 12 sentyabr
O‘zbekiston — Gvatemala 4:5
Gollar: Ropiyev (6, 25, 35), Enrikez (38, avtogol)  — Kampanya (4), Sandoval (5, 22), Agilyar (7, 40).
O‘zbekiston — Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Xushnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Elbek To‘lqinov, Shahzod Sa’diyev, Dilshod Rahmatov, Ravshan Eliboyev.

Rossiya — Misr 9:0
Gollar: Kudziyev (6), Chishkala (13, 16, 30), Antoshkin (28), Elashval (28, avtogol), Abramov (31 penalti, 32), Milovanov (36).

Teglar

O'xshash yangiliklar