Lutfulla To‘rayevdan supergol, «Bunyodkor»dan qiyin g‘alaba. «Qo‘qon-1912» Toshkentda mag‘lub bo‘lgan o‘yindan fotogalereya
Shanba, 11 Sentabr
1187

Superliga 17-turi doirasidagi qiziqarli o‘yinlardan biri Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida kechdi.

Shuhrat Maqsudov murabbiyligidagi «Bunyodkor» Baxtiyor Ashurmatov ustozligidagi «Qo‘qon-1912» jamoasiga qarshi saf tortdi.

Uchrashuvning kulminatsion voqealari uch daqiqa orasida kechdi. 25-daqiqada Lutfulla To‘rayev kutilmaganda chalqancha usulida yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada tojikistonlik yana bir yoshi katta futbolchi Davronjon Ergashev bosh bilan kiritgan goli bilan jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Raqib faqat bir marta javob bera oldi, xolos – 2:1.

Tribuna.uz fotomuxbirining «Bunyodkor» stadionidan tayyorlagan fotojamlanmasini tomosha qiling:

Muallif - Abdulbosid Valixonov

Teglar

O'xshash yangiliklar