O'zbek Ўзбекча
Klopp Trent haqida: «Nima uchun dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi yarimhimoyada o‘ynashi kerak»
Shanba, 11 Sentabr
2208

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Angliya milliy jamoasida yarimhimoyada harakat qilganiga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, inglizlar ustozi Garet Sautgeyt JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Andorra (4:0) bilan bahsda mersisaydliklar himoyachisini o‘ng qanot yarimhimoyasida maydonga tushirdi. 

«O‘yinlarimizga nazar tashlasangiz, Trentning pozitsiyasi allaqachon o‘zgarganini ko‘rasiz. Hamma o‘yinlarda emas, muhim bahslarda shunday. Lekin uni yarimhimoyaga o‘tkazishning hojati yo‘q. 

Dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi nima uchun yarimhimoyada o‘ynashi kerak? Tushunmayman», — deya Sautgeytning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar