«Olimpik» — «Xorazm» bahsida yana kuchlar teng keldi. Katanets kuzatuvidagi o‘yindan fotogalereya
Chorshanba, 08 Sentabr
1319

Pro liganing 17-turida «Olimpik» o‘z maydonida «Xorazm»ni (1:1) qabul qilib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi va 3-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatidan foydalana olmadi. Birinchi bo‘limda Otabek Jo‘raqo‘ziyev tomonidan kiritilgan golga ikkinchi bo‘limda Temur Bekjanov javob berdi.

Bellashuvni O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets yordamchilari bilan kuzatib bordi.

E’tiborlisi, jamoalarning birinchi davradagi bahsida ham kuchlar teng kelgandi. 

Durangdan so‘ng «Olimpik» 22 ochko bilan 4-o‘rinni, «Xorazm» 12 ochko bilan 7-pog‘onani egalllab turibdi.

Quyida «Jar»da o‘tgan to‘qnashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 


Suratlar muallifi — Muhiddin Nido

Teglar

O'xshash yangiliklar