MDH o‘yinlari. O‘zbekistonlik sportchilar beshinchi kungi bahslarda 12ta medal qo‘lga kiritishdi
Chorshanba, 08 Sentabr
7486

O‘zbekistonlik sportchilar Rossiyaning Qozon shahrida o‘tayotgan MDH o‘yinlarining 5-kunida 12ta medalni delegatsiya hisobiga yozdirib qo‘yishdi. 

Ahamiyatlisi, barcha medallar sambo sport turida qo‘lga kiritildi. Jamoa vakillari 1ta oltin, 7ta kumush va 4ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Oltin:
-50 kg: Sabina Davlatova

Kumush:
-64 kg: Shahriyor Mamatqulov
-71 kg: Musoxon Ziyadinov
-79 kg: Xudoyor Ibroyimov
+98kg: Ruslan Rastamov
-54 kg: Shohida Xonto‘rayeva
-59 kg: Azada Aymuratova
+80kg: Sevara Shamsiddinova

Bronza:
-98 kg: Murod Erkinov
-65 kg: Shohista Amirova
-72 kg: Begoyim Xayitova
-80 kg: Charos Ozodova

O‘zbekiston umumjamoa hisobida  16ta oltin, 25ta kumush va 18ta bronza bilan Rossiyada keyin 2-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar