Neymar: «Ortiqcha vazn? Keyingi safar M-o‘lchamli futbolka so‘rayman»
Shanba, 04 Sentabr
4692

«PSJ» klubi va Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar muxlislarning unda ortiqcha vazn paydo bo‘lgani haqidagi savollariga javob berdi. 

«Yaxshi o‘ynadikmi? Yo‘q. G‘alaba qozondikmi? Ha. Bizni boshqa narsa bezovta qilmaydi. 

L-o‘lchamdagi futbolka kiygandim. Vaznim bilan hammasi joyida. Keyingi safar M-o‘lchamli libos so‘rayman», — deb yozadi futbolchi «instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya milliy jamoasi 3 sentyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida safarda Chilini (1:0) mag‘lub etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar