«Nasaf»ning ustunligini tan olishga majburmiz. Bu klub OFK Kubogini yutishga qodir». «Axal» bosh murabbiyi Qarshidagi mag‘lubiyat haqida
Chorshanba, 25 Avgust
4801

OFK kubogi chorakfinali doirasidagi «Nasaf» - «Axal» (3:2) o‘yinidan keyin dastlab mehmonlar ustozi Begench Garayev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugungi raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. OFK kubogining keyingi o‘yinlarida ularga omad tilayman. Yigitlarga rahmat deyman. Oxirigacha kurashishdi. Ammo yakunda ular kuchliroq chiqishdi va g‘alabani ilib ketishdi.

- «Nasaf» ushbu o‘yini bilan chempion bo‘lishi mumkinmi?
- O‘yindan oldin ham aytgandim, «Nasaf» turnirdagi katta jamoa. Ularni bu turnirda g‘olib chiqishga qodir jamoa deb bilaman. Chunki jamoa tarkib jihatdan ham, o‘yin borasida ham musobaqadagi eng yaxshilaridan biri.

- Bugun ikkita gol urgan Elman Tagayev O‘zbekistonda «Andijon» va «Navbahor» klublarida o‘ynagan. U bilan Qarshidagi o‘yin oldidan maslahatlashdingizmi?
- Chindanam Tagayev bu yerda o‘ynagan. O‘yinga tayyorgarlik doirasida maslahatlashdik, ammo aynan uning bu yerda to‘p surganiga alohida urg‘u berganimiz yo‘q.

Teglar

O'xshash yangiliklar