3 oydan beri maosh olmayotgan «Bunyodkor» hujumda muammolari bor «Navbahor»ni Kubokdan chiqarib yubordi. Katanets kuzatuvidagi bahsdan fotoreportaj
Shanba, 21 Avgust
2600

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida «Bunyodkor» o‘z maydonida «Navbahor»ni (1:0) qabul qilib, Farruh Ikromovning yagona goli evaziga chorakfinalga yo‘l oldi. 

Bellashuvning birinchi bo‘limi «Bunyodkor» ustunligida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda hisobda ortda qolayotgan «Navbahor» hujumga zo‘r berdi. Namanganliklar ko‘plab imkoniyatlar yaratishdi, ammo hujumlar yakunida aniqlik va mahorat yetishmadi.

Shu tariqa 3 oydan beri maosh olmayotgan «Bunyodkor» moliyaviy qiyinchiliklar va tarkibdagi yo‘qotishlarga (Nurillo To‘xtasinov, Xurshid G‘iyosov) qaramay, keyingi bosqichga chiqdi. Navbatdagi raqib — «Surxon».

Quyida O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Srechko Katanets kuzatgan, Samvel Babayan ikki bo‘limni ikki xil joyda o‘tkazgan o‘yindan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Suratlar muallifi — Muhiddin Nido

Teglar

O'xshash yangiliklar