Hojimat qaytdi va «Paxtakor»ni chorakfinalga olib chiqdi. «Turon» chempionga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan o‘yindan fotogalereya
Juma, 20 Avgust
3875

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Turon» (1:0) bahsida mezbonlar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritib, chorakfinalga yo‘l olishdi. 

O‘yinni Olimpiada rekordchisi Oksana Chusovitina «boshlab berdi». Birinchi bo‘lim «sherlar» ustunligi ostida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda yaypanliklar kuchli raqibga qarshi tengma-teng kurash olib borishdi. Ammo yakun omadsiz bo‘ldi.

Bellashuv taqdirini jarohatdan tiklanib, 2 oylik tanaffusdan so‘ng safga qaytgan yarimhimoyachi Hojimat Erkinov hal qildi. Zaxiradan maydonga tushgan yosh futbolchi 90+2-daqiqada g‘alaba golini urdi. 

«Paxtakor» keyingi bosqichda «Olimpik» bilan ro‘baro‘ keladi. Vodiy klubi esa endi bor e’tiborini Superligaga qaratadi. 

Quyida «Turon» chempionga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘yindan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Muhiddin Nido olgan suratlar

Teglar

O'xshash yangiliklar