Manba: Varan bugun «MYU» bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi
Payshanba, 05 Avgust
1947

Madridning «Real» klubini tark etgan Rafael Varan yangi mavsumni «Manchester Yunayted»da boshlaydi.

28 yoshli fransiyalik himoyachi bugun, 5 avgust kuni Manchesterga yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Varan Angliya jamoasi bilan 2025 yilga qadar kelishuvni imzolab, kelishuvni o‘zaro yana bir yilga uzaytirishi ham mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, Rafael Manchester klubida yillik 12 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar