Bahrom qaytishi bilan qizil oldi, «Lokomotiv»da yangi qahramon. Toshkentdagi «portugalcha g‘alaba»dan reportaj
Shanba, 31 Iyul
5289

Bir oylik tanaffusdan keyin futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘yinlari yana davom ettirildi. Transfer oynasi vaqtida o‘z tarkibini kuchaytirib olgan jamoalar har xil holatda restarni boshlashdi. Portugaliyalik Sekeyra murabbiyligida «Lokomotiv» borgan sari o‘yinini topib olayotgani ko‘rindi. «Nasaf»ga qarshi o‘yinda «temiryo‘lchilar» juda tartibli o‘yin evaziga g‘alaba qozonishdi.

O‘yin qahramoni Azizbek Omonov bo‘ldi. Oldinlari yosh bo‘lgani uchun, Superligada yoshlar o‘ynashi shartligi bilan bog‘liq talab sabab maydonga tushib yuradigan Omonov ko‘z oldimizda yaxshi hujumchiga aylandi. U bir o‘yinda ikki marta «Nasaf»ning kuchli himoyachilarini tezlikda ortda qoldirib, chap oyoqda uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Hujumchi bu o‘yinda o‘z tanqidchilariga yaxshigina javob bera oldi.

O‘yinda yana bir qiziq holat sodir bo‘ldi. «Nasaf»da o‘ynagan vaqtida chempionatning eng kuchli uch futbolchisidan biri bo‘lgan Bahrom Abdurahimov yana Qarshiga qaytdi. To‘g‘risi, «Metallurg»da ham, «Navbahor»da ham Bahrom yo‘qolib qoldi. Afsuski, uning «Nasaf»ga qaytishi unchalik yaxshi xotira bilan esda qolmaydigan bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushgan Bahrom 80-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va quyida o‘yindan tayyorlangan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.

Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar

Teglar

O'xshash yangiliklar