O'zbek Ўзбекча
Viktor Kumikov «Andijon»ga qaytdi
Seshanba, 27 Iyul
1768

Rossiyalik tajribali murabbiy Viktor Kumikov faoliyatini yana O‘zbekistonda davom ettiradi.

«Andijon» klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Viktor Balyutovich va uning yordamchisi 
Oleg Kornilenko bugun, 27 iyul kuni Andijonga yetib kelgan. Kumikov murabbiylar shtabida aynan qaysi lavozimdaf faoliyat olib borishi ma’lum qilinmagan.

Katta ehtimol Viktor Balyutovich norasmiy tarzda klub bosh murabbiy sifatida ishlaydi. Sababi u avvalgi ish joylarida ham faqat bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. 

Ma’lumot uchun, ayni damda klubda Yorqin Nazarov bosh murabbiy sanalsa, Doniyor Usmonov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Klub Superliga 12-turidan keyin 7 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Kumikov o‘tgan mavsum «Andijon»da bosh murabbiy sifatida 10ta o‘yin o‘tkazib, 5ta durang va 5 o‘yinda mag‘lubiyatga uchragandi. Rossiyalik mutaxassis bungacha «Mash’al», «Nasaf», OKMK klublarida ham faoliyat yuritgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar