O'zbek Ўзбекча
Islombek Ismoilov «Turon»ga qaytdi. Klub «Neftchi» va «Qo‘qon-1912» futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Seshanba, 27 Iyul
9546

«Turon» klubini Pro ligadan Superligaga olib chiqib, jamoa bilan muvaffaqiyatga erisha olmagani uchun bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgan Islombek Ismoilov yana Yaypan klubig qaytdi.

PFL rasmiy sayti xabariga ko‘ra, «Turon» U-21 murabbiyi Murod Ismoilov bilan shartnomani bekor qildi. Uning o‘rniga esa murabbiyning o‘g‘li Islombek Ismoilov U-21 murabbiyi sifatida «Turon» bilan 2022 yil yakuniga qadar shartnoma imzolagan.

Shuningdek, «Yangiyer» U-18 a’zosi Umidjon O‘ktamaliyev «Turon» bilan 2024 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi. «Andijon»ga ijaraga berilgan Doniyor Ismoilov ham klubga qaytarildi. 

«Neftchi»ni tark etgan Otabek Zokirov va «Qo‘qon-1912» jamoasidan Abduvosidxon Abdurashidov ham Yaypan klubi bilan shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Igor Shkvirin qo‘l ostidagi «Turon» jamoasi Superliga 12-turidan keyin 7 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar