O'zbek Ўзбекча
Azamat Abduraimov «Yangiyer»dan iste’foga chiqarildi
Seshanba, 27 Iyul
2494

Pro ligada Sirdaryo viloyati sharafini himoya qilib kelayotgan «Yangiyer» klubida navbatdagi marta bosh murabbiy iste’foga chiqarildi.

Klub telegram kanalidi xabar berilishicha, klub bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqishga qaror qilgan.

Yangiyerliklar Azamat Abduraimov qo‘l ostida safarda «Orol», o‘z maydonida «Oqtepa» klubini mag‘lub etib, turnir jadvalida 7-o‘rinda borayotgan edi. 

Avvalroq, murabbiy jamoaning aksariyat futbolchilari bilan xayrlashilgani, ularning o‘rniga jamoa tarkibi yoshartirilishi haqida gapirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Azamat Abduraimov murabbiy sifatida bungacha «Dinamo», «Andijon» va O‘zbekiston yoshlar jamoasida faoliyat yuritgan edi. Abduraimovdan avval klub Eldor Sakayevni iste’foga chiqargandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar