O'zbek Ўзбекча
Allegri: «Ronalduga yangi mavsumda mas’uliyat ko‘proq bo‘lishini aytdim, chunki jamoa yosh»
Seshanba, 27 Iyul
2955

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoadagi roli haqida gapirdi.

«Bizda ko‘plab yosh futbolchilar bor. Ular — «Yuventus» kelajagi. Shuningdek, yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan tajribali Kellini, Bonuchchi va Ronaldu ham bor. 

Krishtianu — ajoyib chempion va aqlli yigit. Kecha men ham boshqalar singari u bilan gaplashdim. Unga yangi mavsum muhimligini va mas’uliyat odatdagidan ko‘proq bo‘lishini aytdim. Chunki jamoa yosh», — deya Allegrining so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar