O'zbek Ўзбекча
Tokio-2020. Ulug‘bek Rashidov — Olimpiada chempioni
Yakshanba, 25 Iyul
13351

Tokio Olimpiadasida taekvondo sport turida -68kg vazn toifasida final bahsi yakunlandi.

Finalda Ulug‘bek Rashidov britaniyalik Bredli Sindendan ustun kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga birinchi medal – oltin medalni taqdim etdi.

19 yoshli Rashidov so‘nggi 6 soniyada mag‘lubiyatga uchrayotganiga qaramay, ajoyib zarbasi bilan ustunlikka erishib, yakunda O‘zbekiston tarixida Olimpiadada sovringa erishgan ilk taekvondochiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Rashidov eronlik Mirhoshim Hussayni (34:22), 3 karra jahon chempioni Li De Hun (21:19), malilik Seydu Fofanani (38:17) va yarimfinalda bosniyalik Nejad Hushichni  mag‘lub (23:5) etishga muvaffaq bo‘lgandi.

O'xshash yangiliklar