O'zbek Ўзбекча
O‘rtoqlik uchrashuvi. «Metallurg» «Xo‘jand»ni mag‘lub etdi
Shanba, 24 Iyul
1027

Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning «Metallurg» klubi o‘z maydonida Tojikistonning «Xo‘jand» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Qiziqarli o‘tgan bahsda Jasur Abduraimov shogirdlari qo‘shni mamlakat jamoasini mag‘lub etishdi – 2:0.  

Qayd etish joiz, shu kuni «Metallurg» asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa, xo‘jandliklar murabbiyi bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi. Xususan, qo‘shnilar safida Samarqandning «Dinamo» klubi ikki sobiq futbolchisi – Firdavs Abdusalimov va Jasur Ashurov ko‘rikdan o‘tkazildi. 

24 iyul (shanba)
O‘rtoqlik uchrashuvi. Bekobod
«Metallurg» - «Xo‘jand» - 2:0

Bosh hakam: Ahrol Risqullayev

Teglar

O'xshash yangiliklar