O'zbek Ўзбекча
Veynaldum: «Bolaligimdan «Barsa» muxlisiman, ammo «PSJ» transfer uchun hamma narsa qildi»
Juma, 23 Iyul
2705

Yarimhimoyachi Jorjino Veynaldum erkin agent sifatida «PSJ»ga o‘tgani haqida gapirdi. 

«Tanlash qiyin edi. Bolaligimdan «Barselona» muxlisiman. Muzokaralar olib bordik, shuningdek, «PSJ» va boshqa klublar bilan ham transferni muhokama qildim. 

«PSJ» avvalroq muzokarani boshlagan. Leonardo va Pochettino bilan gaplashdim. Pochettino Parij klubi qanday loyiha qurayotganini tushuntirdi. Jamoa Fransiya va Yevropadagi sovrinlarni yutishni istayotganini aytdi. Shu paytdan muzokaralar boshlandi. Ular shartnoma imzolash uchun hamma narsa qilishdi», — deya Veynaldumning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Teglar

O'xshash yangiliklar