O'zbek Ўзбекча
Tokio-2020. Braziliya Germaniyaga, Meksika Fransiyaga 4tadan gol urdi, Argentina yutqazdi
Payshanba, 22 Iyul
7184

Tokio Olimpiadasining futbol bo‘yicha musobaqalarida birinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Yarim soatdagi het-trik

D guruhi
Braziliya — Germaniya — 4:2

Gollar: 1:0 – 7 Risharlison, 2:0 – 22 Risharlison, 3:0 – 30 Risharlison, 3:1 – 57 Amiri, 3:2 – 84 Axe, 4:2 – 90 Paulino.
Braziliya U-23 – Santos, Diyego Karlos, Arana, Nino, Dani Alves, Duglas Luis, Bruno Gimaraes, Antoni (Paulino, 74), Mateus Kunya, Risharlison (Reyner, 74), Klaudino (Malkom, 65).
Germaniya U-23 – Myuller, Xenrixs, Uduoxay, Raum, Piper (Torunariga, 46), Shtax (Shlotterbek, 81), Arnold, Amiri (Toyxert, 74), Mayer, Rixter (Leven, 68), Kruze (Axe, 68).
Ogohlantirishlar: Piper (26), Arnold (35), Shtax (59), Duglas Luis (83), Xenrixs (86), Torunariga (87).
Chetlatish: Arnold (63).

Futbol bo‘yicha olimpiya turnirlari ham muxlislarning e’tiborini o‘ziga qaratib kelmoqda va ayniqsa so‘nggi o‘n yilliklardagi bir necha final o‘yinlari yodda qolarli bo‘lgan. 1996 yilda Nigeriya Argentinaga qarshi aql bovar qqilmas o‘yin yakunida kutilmagan g‘alabaga erishgan (3:2) yoki 2000 yilda Kamerun Ispaniyaga qarshi durangdan (2:2) keyin penaltilar seriyasida omadli bo‘lib chiqqan. Seuldagi olimpiadada keyin (SSSR triumfi) futbolchilarning yoshi pasaytirilgani turnir nufuziga ta’sir ko‘rsatmay qolmagan, ammo turnirdagi jamoalar soni kamligi (16) undagi intrigani ta’minlaydi.

Bu yerda jahon yoki Yevropa chempionatlaridagi kabi gigantomaniya yo‘q, shunday ekan besh yil muqaddam «Marakana»da Olimpiya oltini uchun kurashgan Braziliya va Germaniya birinchi turdayoq to‘qnash kelishi mumkin. Ammo o‘shanda nemislar yo‘lidan chiqqan istalgan raqibni yakson etib o‘tgan bo‘lsa, bu safar ko‘plab klublar o‘z futbolchilarini Yaponiyaga qo‘yib yuborishni istamadi. Shunday ekan, Shtefan Kuns boshchiligidagi Germaniyaning o‘yiniga xolis baho berish qiyin.

Virs, Nmecha, Baku — iyun oyi boshida yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan bu yulduzlarning hech biri Yaponiyaga kelmadi. Yevropa triumfatorlari bo‘lgan jamoadan yetti futbolchi zayavkaga kiritilgan bo‘lsa-da, Kuns kerakli qo‘llab-quvvatlov bo‘lmagan klublar manziliga e’tirozlarini bildirdi. «O‘ylaymanki, futbolchilar jamoaviy ruh individual sifatlardan muhimroq ekanini tushunishadi», — deya qayd etdi mutaxassis.

Ikkinchi bo‘lim shuni ko‘rsatdiki, Arnold chetlatilgach bir kishi kam bo‘lib qolganda ham Germaniya oxirigacha kurashadigan va katta salohiyatga ega jamoa. Kuns jamoasida xarakter asosiy fishkalardan, ammo 38 yoshli Dani Alves yetakchiligidagi Braziliyaga qarshi nemislar ojiz qolishdi. «Selesao»da faqat ispanlar raqobat qila olishi mumkin bo‘lgan tarkib jamlangan. Asosiy yulduz esa shubhasiz Risharlison. «Everton» hujumchisi Amerika kubogi finalidagi mag‘lubiyat o‘rnini to‘ldirishga va o‘z yelkasidagi 10-raqamni oqlashga qattiq ahd qilgan.

Birinchi bo‘limdagi yarim soat ichida Risharlison het-trik qayd etdi - bu Jersona Kanotini (1960), Romario (1988) va Bebeto (1996)dan keyin Braziliya olimpiyachilari orasida to‘rtinchi het-trik bo‘ldi. Hisob bundan ham yirik bo‘lib ketmaganining sababi — Andre Jardin shogirdlari vaziyatlardan foydalanishda oqsagani bilan bog‘liq. Qolaversa, germaniyaliklar darvozaboni Myullerning qahramonligini e’tirof etish kerak, u Mateus Kuni ijrosidagi penaltini bartaraf etdi.

O‘yin yakunida yuzaga kelgan intriga «Zenit» futbolchisi Malkom va «Bayer» a’zosi Paulino ishtirokidagi hujumdan keyin yo‘qqa chiqarildi.

Hozircha shunday tasavvur uyg‘onmoqdaki, braziliyaliklar bu Olimpiadada faqat maydonga tushmasa yutqazishi mumkin. Germaniya esa keyingi o‘yinlarda ochko olishga harakat qilib ko‘radi. Lekin jamoa tarkibidagi eng yorqin o‘yinchilardan biri Amiri jarohat oldi va vaziyat yanada murakkablashdi.

Kot-d'Ivuar — Saudiya Arabistoni — 2:1
Gollar: Al Amri (39, avt.), Kessie (66) – Ad-Dovsari (44)
Kot-d`Ivuar U-23 – Tape, Bayi, Singo, Dabila, Diallo, Gradel (Dumbiya, 90), Dumbiya (Dao, 66), Kuassi, Kessie, Diallo (Timit, 90), Kuame.
Saudiya Arabistoni U-23 – Al-Yami, Ash-Shahroni, Abdulhamid, Al-Amri (Ad-Dovsari, 76), Hindi, Al-Faraj, Al-Hassan (Al-Gannam, 76), Yahyo (Al-Xulayf, 67), Al-Naji, Ad-Dovsari, Al-Hamdan (G‘arib, 63).
Ogohlantirishlar: Kessie (70), Al-Naji (80), Gradel (86), Al-Faraj (90).
Chetlatish: Dumbiya (90).

Avstraliya Ispaniya va Argentinadan oldinda

S guruhi
Misr — Ispaniya — 0:0

Misr U-23 – El-Shenavi, El-Fotu, Xegazi, El-Eraki (Fuad, 89), Xamdi, Tavfik, Ashur (Hamdi, 63), Muhammad (Adel, 62), Subhi (Ramazon, 90), Galal, Rayan (Muhsin, 63).
Ispaniya U-23 – Unai Simon, Pau Torres, Mingesa (Valexo, 22), Miranda, Erik Garsiya, Pedri, Sebalos (Monkayola, 45), Asensio (Xil, 68), Olmo, Oyarsabal (Rafa Mir, 68), Merino (Soler, 68).
Ogohlantirishlar: Al-Fotu (6), Muhammad (44), Xegazi (77), Galal (89).

Ispanlar turnirdagi eng kuchli tarkibga ega bo‘lgan jamoalardan. Misrliklarga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibida Yevro-2020da o‘ynagan asosiy jamoaning olti futbolchisi tushdi - shu jumladan, Yevropa chempionati qahramonlari bo‘lgan darvozabon Unai Simon, «Barselona» Olimpiadadan olib qolishga besamar uringan vunderkind Pedri. Kataloniyaliklarni tushunish mumkin, axir «Qizil furiya» futbolchilari dam olmasdan futbol o‘ynamoqda. Qolaversa, bu o‘yinning birinchi bo‘limida «Barselona» va «Real» futbolchilari - Oskar Mingesa va Dani Sebalos jarohat oldi.

O‘yin tomoshabop kechmadi. Ispaniya to‘pga egalik qildi, ammo to‘p asosan maydon markazida olib yurildi. Ehtimol, turnir favoriti xuddi asosiy jamoa Yevropa birinchiligidagi kabi kuch tejashni ma’qul ko‘rayotgandir. Gap nimadaligi keyingi o‘yinlarda ko‘rinadi - jamoa chindan ham guruh bosqichidayoq o‘z kuchini to‘liq namoyish etishni istamayaptimi yoki ijro yaxshi chiqmayaptimi? Guruhdagi vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, jamoa keyingi turdayoq uch ochko uchun o‘ynashi talab etiladi.

Argentina — Avstraliya — 0:2
Gol: 0:1 – 14 Uels, 0:2 – 80 Tilio.
Argentina U-23 – Ledesma, de la Fuente (Errera, 62), Peres, Medina, Vera, Kolombatto (Belmonte, 78), Mak Allister (Payero, 78), Barko (de la Vega, 82), Ortega, Valensuela (Ponse, 46), Gaych.
Avstraliya U-23 – Glover, King, Deng, Suttar, Makgri (D`Agostino, 79), Atkinson, Uels (Uotts, 72), Janro (Bakkus, 89), Arzani (Tilio, 79), Dyuk, Metkalf.
Ogohlantirishlar: Dyuk (32), Ortega (45), Makgri (45), Atkinson (48), Metkalf (50), Janro (56), Gaych (63), Medina (67), Ponse (85), Suttar (86), Uotts (90).
Chetlatish: Ortega (45).

Ispanlar o‘z o‘yinida yaqqol favoritligini tasdiqlab, kutilganidek raqibga deyarli o‘yin bermadi. Argentinaliklar esa himoyada juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Birinchi bo‘limda ular chap qanotdan deyarli bir xil tipdagi ikki hujumni o‘tkazib yuborishdi. Birinchisi gol bilan yakunlandi, ikkinchi hujum yakunida bo‘sh qolgan darvoza sari yo‘llangan zarba esa ustunga tegdi. Janubiy amerikaliklarning hujumlarida bunday xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ortega ikkita sariq kartochka oldi.

Oq-ko‘klarning bosim uyushtirishga harakat qilishdi, tanaffusdan keyin «Spartak» futbolchisi Ponse maydonga tushirildi, ammo u o‘yin kartinasiga deyarli o‘zgartirish kirita olmadi. Argentinada ham yomon bo‘lmagan hujumlar uyushtirildi, ammo jamoa jarima maydoni atrofi doim tahlika ostida turdi. Avstraliya bu o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonishi ham mumkin eddi, ammo bir qancha golli vaziyatlardan foydalanilmadi, lekin qiyin vaziyatdan gol urildi - 19 yoshli Tilioning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. 30 yoshli Dyuk o‘yindagi ikki golga hammualliflik qildi.

Jonsiz Fransiya va jo‘shqin Meksika

A guruhi
Meksika — Fransiya — 4:1

Gollar: Vega (47), Kordova (55), Antuna (80),  Agirre (90+1) - Jinyak (69, pen.)
Meksika U-23 – Ochoa, Agirre, Vaskes, Montes, Romo, Laynes (Antuna, 72), Kordova (Eskivel, 72), Sanches, Martin (Agirre, 88), Vega (Alvarado, 84), Rodriges.
Fransiya U-23 – Bernardoni, Kalulu, Kasi (Bar, 90), Sanyan, Mishlen, Toven (Mbuku, 79), Le Fe, Tuzar (Beka-Beka, 60), Savane, Norden (Kolo-Muani, 60), Jinyak.
Ogohlantirishlar: Mishlen (16), Vega (20), Kasi (75).

Bir tomondan, Fransiya turnirga ko‘p yillardan buyon Meksika ligasida ishtirok etib kelayotgan Jinyak va uning «Tigres»dagi yangi jamoadoshi, 2018 yilgi jahon chempionati g‘olibi Toven bilan birga tashrif buyurgandi. Shu bilan birga, «Uchranglilar» tarkibning yarmini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi - klublar futbolchilarini Yaponiyaga qo‘yib yuborishni istamadi. Eng sezilarli yo‘qotishlar — «Arsenal» himoyachisi Saliba, uning ampluadoshi, «Monako» a’zosi Badiashil, «Nitssa» va «Renn» yulduzlari — Guiri va Kamavinga bo‘ldi. Tabiiyki, «PSJ» Mbappe.

Shunday ekan, Fransiyaning mag‘lubiyatini katta sensatsiya sifatida baholash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Qolaversa, tanaffusga qadar fransuzlar faol bo‘lishdi va Ochoani bir necha seyv amalga oshirishga majbur qilishdi, lekin «atsteklar»ning hujumlari yanada xavfliroq ko‘rinish oldi, Veganing zarbasini darvoza chizig‘ida himoyachi to‘xtatib qoldi, ushbu forvard ikkinchi imkoniyatidan baribir foydalandi va «Betis» yarimhimoyachisi Laynesning ideal uzatmasini darvozaga joyladi.

Fransuzlar hisob 0:2 ekanida penalti ishlashgach kambek amalga oshiradigandek edi. Ammo jamoa oldinga tashlangach, himoyada bo‘shliqlar yuzaga kelib, yana ikki gol o‘tkazib yuborildi. «Uchranglilar» 1976 yilgi Olimpiadadan buyon ilk marta bir o‘yinda to‘rt gol o‘tkazib yubordi, o‘shanda  chorakfinalda GDR yirik hisobda ustun kelgandi (0:4).

Yaponiya — JAR — 1:0
Gol: 1:0 – 71 Kubo.
Yaponiya U-23 – Tani, Itakura, Sakai, Nakayama (Xatate, 72), Yosida, Tanaka, Endo, Kubo, Miyosi (Soma, 60), Doan (Matida, 85), Xayasi (Ueda, 72).
YUAR U-23 – Uilyams, Frosler (Kodisang, 79), Mukumela, Malepe, Mabiliso, Sele, Mosele (Ngobo, 90), Singx, Mokuna, Flers, Makgopa.
Ogohlantirishlar: Endo (38), Doan (57), Nakayama (90).

V guruhi
Yangi Zelandiya — Janubiy Koreya — 1:0 
(Vud, 70).
Yangi Zelandiya U-23 – Vud, Kakase, Rid, Peynaker, Lyuis (Elliott, 90), Stensness, Jast (Ueyn, 71), Bell, Makkouett (Stamenich, 83), Vud, Ingem.
Janubiy Koreya U-23 – Son Bom Gin, Jon The Uk, Li Yu Hen, Li San Min, Kan Yun Son (Pak Ji Su, 87), Kvon Chhan Hun (Son Min Gyu, 59), Kim Don Heng (Jon Sin Von, 78), Li Kan In (Li Don Jun, 59), Von Du Je, Om Von San (Li Don Gen, 59), Hvang Iy Jo.
Ogohlantirish: Lyuis (77).

Honduras — Ruminiya — 0:1 (Oliva, 45+1, avtogol)
Honduras U-23 – Guiti (Perelo, 46), Maldonado (Melendes, 88), Garsiya, Dekas, Oliva (Melendes, 88), Rivas Vindel (Palma, 57), Alvares, Pineda, Rodriges (Reyes, 57), Martines, Benguche.
Ruminiya U-23 – Aioani, Gitse, Pashkanu, Ratiu (Grigore, 75), George (Sefer, 55), Dulka, Shtefan (Bobok, 46), Marin, Chobanu (Belutse, 69), Dobre, Ganya (Sintyan, 68).
Ogohlantirishlar: Oliva (27), Dobre (44), Alvares (48), Dulka (71), Sintyan (82).

Teglar

O'xshash yangiliklar