O'zbek Ўзбекча
Ronaldu faoliyatidagi eng qiyin lahzani esladi
Payshanba, 22 Iyul
14343

Krishtianu Ronaldu «Sporting» safiga o‘tishi va Lissabonga ko‘chganini faoliyatidagi eng qiyin davr deb atadi.

«Oilam men bilan xayrlashishga chiqqandi. Ular qora ko‘zoynakda bo‘lishsa-da, yaqinlarim ko‘zda yosh bilan xayrlashgani hali hamon yodimda. Samolyot bortiga chiqqanimdan keyin ham ularning holati ko‘z o‘ngimdan ketmasdi. Bu faoliyatim davomidagi eng og‘ir va qiyin lahzalar edi. Yig‘lagandim», - deydi Ronaldu Besoccer bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Madeyraning «Nasional» klubidan «Sporting» safiga qo‘shilgan. Lissabon jamoasidan esa 2003 yilda «MYU»ga o‘tgandi. 2009-2018 yillar davomida «Real» safida faoliyat yuritgan portugaliyalik hujumchi so‘nggi uch yildan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar