O'zbek Ўзбекча
O‘zbekiston olimpiyachilari Tokioga yo‘l olishdi. Kuzatish marosimidan fotogalereya
Seshanba, 20 Iyul
3416

19 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sportchilarini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Olimpiyachilar MOQ binosi oldida to‘planishdi va ikki avtobusda Toshkent xalqaro aeroporti tomon yo‘l olishdi. Avtobuslar ortidan bir guruh muxlislar mashinalarda O‘zbekiston bayrog‘ini xilpiratgan holda qo‘llab-quvvatlab borishdi. 

Aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda boshqa rasmiylar ishtirokida kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Abdulla Aripov va Tanzila Norboyev sportchilarga muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilab, ulardan Riodagidek yuqori natijalar kutilayotganini aytishdi.

Quyida olimpiyachilarni kuzatish marosimidan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Muhiddin Nido olgan suratlar

Teglar

O'xshash yangiliklar