O'zbek Ўзбекча
«Yuventus» Ronalduning maoshini kamaytirib, shartnomani uzaytirmoqchi
Yakshanba, 18 Iyul
4803

«Yuventus» klubi rahbariyati jamoa hujumichisi Krishtianu Ronaldu bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish masalasida muzokara boshlamoqchi.

Insayder Nikola Skiraning yozishicha, Turin klubi Ronalduni 2022 yilda erkin agent sifatida qo‘yib yubormaslik uchun portugaliyalik 36 yoshli forvard bilan kelishuvni 2023 yilga qadar uzaytirmoqchi. Unga ko‘ra, klub Ronalduning yillik maoshini 31 million yevrodan 20 million yevroga kamaytirmoqchi. Futbolchining bu shartga ko‘nishi hozircha noma’lum.

Avvalroq, portugaliyalik hujumchi shartnoma yakuniga qadar «Yuventus»da qolmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar