O'zbek Ўзбекча
Enrike: «Italiya Ispaniyaga o‘xshaydi. Ular endi himoyalanishni yoqtirishmaydi»
Seshanba, 06 Iyul
3894

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Yevro-2020 yarimfinalidan o‘rin olgan Italiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Enrike: «Italiya Ispaniyaga o‘xshaydi. Ular endi himoyalanishni yoqtirishmaydi»«Individual futbolchilar jamoadan muhimroq deb hisoblansa, jamoaviy sportda katta yutuqlarga erishib bo‘lmaydi. Biz milliy jamoadan ko‘ra ko‘proq klubga o‘xshaymiz. Buni Italiyada ham ko‘ryapman — haqiqiy jamoa. 

Ko‘ryapmanki, futbolchilar yarimfinalga haqli ravishda yetib kelganliklaridan juda xursand va o‘zlariga ishonishadi. Juda qiyin vazifa. Milliy jamoada o‘ynaganimda, 1992 yilgi Olimpiadadan tashqari hech qachon yarimfinalga chiqmaganman. Shu sababli o‘yinchilar bundan zavqlanishlariga ishonaman.

So‘nggi mashg‘ulotni yuqori yuklamalarsiz o‘tkazdik. Barcha yigitlar ajoyib holatda.

Italiya Ispaniyaga o‘xshaydi. Ular endi himoyalanishni yoqtirishmaydi. Ularda to‘p bilan muomala qiladigan ajoyib futbolchilar bor.

Asosiy kurash to‘pni egallash uchun bo‘ladi. O‘ylashimcha, ikkala jamoa bir vaqtning o‘zida ustunlik qila olmaydi. Shuning uchun bu jihatdan kim yetakchi bo‘lishi qiziq.

Italiya — biz kabi ham hujum qiladigan, ham himoyalanadigan jamoa. Shuningdek, yuqori bosim o‘tkazadi. Avval bunday Italiyani tasavvur qilish kerak edi. Ikkala jamoada ham imkoniyat bo‘ladi.

G‘alaba qozonsak, ajoyib bo‘lardi. Ammo buni Italiya haqli ravishda amalga oshirsa, finalda ularga muxlislik qilaman», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar