O'zbek Ўзбекча
Temirov yana gol urdi, Sekeyraning taktikasi ish bermadi. «Paxtakor» derbini qiyinchiliksiz yutgan o‘yindan fotoreportaj
Dushanba, 05 Iyul
4308

Superliganing 12-turida «Paxtakor» Toshkent derbisida «Lokomotiv» ustidan g‘alaba qozondi. Derbida gol urishni yaxshi ko‘radigan Dragan Cheran hisobni ochgan bo‘lsa, Sherzod Temirov qatorasiga uchinchi o‘yinda to‘p kiritib farqni ikkitaga yetkazdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Aziz Omonov hisobni qisqartirdi. 

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mikael Sekeyraning tanlagan 5-4-1 taktikasi ish bermadi. Ustiga-ustak jamoa sof markaziy hujumchisiz o‘ynadi: Temurxo‘ja Abduholiqov bahsni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Marat Bikmayev zaxirada qoldirildi. Shu sababli «temiryo‘lchilar»ning hujumlari oxiriga yetmadi. «Paxtakor» esa hisobni ochib olgandan so‘ng raqibga deyarli imkoniyat bermadi, Piter Xyuistra zaxiradan Abror Ismoilovni maydonga tushirish orqali maydon markazini ham to‘lig‘icha qo‘lga oldi.

«Paxtakor» ochkolarini 32taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. 15 ochkoga ega «Lokomotiv» 8-pog‘onada qoldi.

Quyida derbiga mos ruhda o‘tmagan o‘yindan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Muhiddin Nido olgan suratlar

Teglar

O'xshash yangiliklar