O'zbek Ўзбекча
«Barselona» ikki futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
Yakshanba, 04 Iyul
15742

Kataloniyaning «Mundo Deportivo» nashri «Barselona» klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchilar Samuel Umtiti va Miralem Pyanich bilan xayrlashmoqchi ekani haqida ma’lumot bermoqda. Xabarda ta’kidlanishicha, klub allaqachon futbolchilarga o‘zlariga yangi jamoa axtarishlari mumkinligini ma’lum qilgan. 

«Ko‘k-anorranglilar»ning yangilangan rahbariyati jamoadagi keraksiz futbolchilarni sotish va ularning maoshlariga pul sarflashdan qutilishni maqsad qilgan. Lionel Messi bilan yangi shartnoma tuzish va argentinalik yulduzning moliyaviy talablarini bajarish uchun klub shu yo‘ldan borishni to‘g‘ri deb bilyapti. 

Pyanichga ayni paytda «Yuventus» va «Inter» da’vogar bo‘lib turibdi. Umtitining xizmatlariga esa sobiq klubi «Lion» va «Marsel» qiziqish bildiryapti. 

Avvalroq, «Barselona» Jan-Kler Todibo, Konrad de la Fuente va Mateus Fernandes bilan xayrlashgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar